O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi delegatsiyasi Bokuda xalqaro konferentsiyada ishtirok etmoqda

2020-02-26 | Ta’lim

2020 yil 24-27 fevral kunlari Ozarbayjonning Boku shahridagi Xazar universitetida Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilgan PAWER loyihasi yakunlariga bag‘ishlangan xalqaro konferentsiya bo‘lib o‘tmoqda.

Konferentsiyada PAWER (Paving the way to interregional mobility and ensuring relevance, quality and equity of access - Mintaqalararo mobillikni yo‘lga qo‘yish hamda uning dolzarbligi, sifati va tengligini ta’minlash) loyihasi doirasida bajarilgan ishlarning umumiy hisoboti va har bir hamkor universitetning loyiha ishiga qo‘shgan hissasi baholanadi.

Jumladan, loyihasi doirasida mintaqalararo mobillikni ta’minlash uchun ajratilgan fanlar bo‘yicha qayta tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar, baholash mezonlari bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tmoqda.

- So‘nggi vaqtlarda mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar xalqaro hamkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda, — dedi vazirlik boshqarma boshlig‘i Maqsudjon Hamrayev. - Konferentsiyada mintaqalararo mobillikni rivojlantirish bo‘yicha nafaqat qo‘shni davlatlar, balki Yevropa davlatlarining nufuzli universitetlari bilan ham hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha konstruktiv muloqotlar bo‘lib o‘tmoqda.

Bakuda bo‘lib o‘tayotgan konferentsiyada Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutaxassislari, Termiz davlat universiteti, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti va Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali vakillaridan iborat delegatsiya ishtirok etmoqda.

Поделиться