O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«Ipak yo‘li» xalqaro turizm universitetida O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

2020-02-25 | Turizm

Samarqanddagi «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti tashabbusi bilan «Registon-Plaza» mehmonxonasida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

«Hududlarning turistik salohiyatidan samarali foydalanish: nazariya, amaliyot va istiqbollar» mavzusida o‘tkazilgan mazkur konferensiyada ko‘plab xalqaro ma'ruzachilar ishtirok etishdi. Ayniqsa, germaniyalik professor Desmond Vining chiqishi qatnashchilarda katta taassurot uyg‘otdi.

U O‘zbekistonning, jumladan Samarqandning sayyohlik salohiyatiga yuqori baho berdi. Shimoliy Kavkaz federal universiteti (Rossiya), Qozon federal universiteti, Sochi davlat universiteti, Xazar universiteti (Ozarboyjon), Arman turizm instituti (Armaniston) va yana ko‘plab xalqaro oliygohlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan bu anjumanda Sandip Valiya (Hindiston), Tanzil Muhammad Multazam (Indoneziya), Pudja Choudxari (Hindiston), Beyken Chizel (Turkiya) kabi mashhur ma'ruzachilar nutq so‘zladi.

Konferensiyada Samarqand viloyati hokimining Turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Botir Nurullayev so‘zga chiqib, Samarqandda sayyohlar oqimini oshirish uchun yangi turistik marshrutlarni ochish kerakligini ta'kidladi. Uning fikricha, Samarqandga keluvchi sayyohlar sonini oshirish rejasini faqat tarixiy binolargagina ishonib bajarib bo‘lmaydi.

Shuningdek u sayyohlar uchun Samarqand tashqarisida ham borish mumkin bo‘lgan joylarni ko‘paytirish kerakligini qayd etdi. Ilmiy-amaliy konferensiya yakunida «Ipak yo‘li» xalqaro turizm universiteti talabalari orasida turizmga oid eng yaxshi maqola mualliflari sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Konferensiya doirasida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti hamda Lovely professional universiteti (Hindiston), Kana universiteti (Hindiston), Sidoarjo universiteti (Indoneziya) va Xalqaro Islom akademiyasi (O‘zbekiston) kabi oliygohlar o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Поделиться