O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Samarqandda ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
2020-02-25 | Fan
Joriy yilning 21-fevral kuni Samarqand davlat universitetida “Samarqand viloyatini innovatsion rivojlantirish: muammolar va yechimlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.
Tadbirda respublika oliy taʼlim muassasalari ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari, ilmiy-tadqiqot institutlarining ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, viloyat tarmoq tashkilot rahbarlari, ishlab chiqarish korxonalari hamda boshqa turli tashkilotlardan taniqli mutaxassislar, olimlar hududlarni innovatsion rivojlantirish boʻyicha shu kunning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun yigʻildi.
Konferensiya yalpi yigʻilishida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri oʻrinbosari Olimjon Toʻychiyev, Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xalmuradov, Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.
Anjuman yalpi yigʻilishi va shoʻba yigʻilishlarida sohalar boʻyicha yuzdan ortiq maʼruzalar tinglandi. Maʼruzalarda viloyat hududida mavjud muammolar olimlar va soha mutaxassislari tomonidan muhokama qilindi.
Konferensiya davomida hududlardagi muammolar muhokama qilindi, ilmiy-tadqiqot ishlarining ushbu dolzarb muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan mavzulari shakllantirildi.
Shuningdek, konferensiya doirasida oliy taʼlim muassasalaridan ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektorlari, ilmiy tashkilotlarning ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosarlari oʻzaro tajriba almashishdi hamda oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlarda ilmiy innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari yuzasidan ishchi yigʻilish oʻtkazildi.
Anjuman davomida Samarqand viloyat oliy taʼlim muassasalari tijoratlashtirishga tayyor ishlanmalari koʻzdan kechirildi hamda amaliyotga joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.