O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kiev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes forumi bo‘lib o‘tdi

2020-02-25 | Iqtisodiyot

Joriy yil 20-22-fevral kunlari Kiyev shahrida O‘zbekiston-Ukraina biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyati boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Ukrainaning Taraqqiyot, iqtisodiyot, savdo va qishloq xo‘jaligi vaziri T. Milovanov, Ukraina sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqi rahbari A.Kinax, Ukraina Savdo-sanoat palatasi raisi G. Chijikov hamda Ukraina biznesi vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Tadbirda ishtirok etish ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikning joriy holatini muhokama qilish va istiqbolli qo‘shma investitsiya loyihalari va o‘zaro manfaatli savdo bitimlarini ishlab chiqish orqali hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha mavjud imkoniyatlarini o‘rganishga imkon berdi.

Ushbu nuqtai nazardan, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, bojxona va tariflarni tartibga solish, veterinariya-sanitariya talablarini va o‘simliklar karantini uyg‘unlashtirish borasida o‘zaro munosabatlar sohalarida masalalarni hal etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tashrif chog‘ida joriy yilning bahorida Toshkent shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston-Ukraina hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ham ishlab chiqildi - bo‘lajak tadbir kun tartibiga kiritish uchun ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

Shuningdek, Ukrainaning Infratuzilma vazirligida “Toshkent-Kiyev-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovini va “Toshkent-Xarkov-Toshkent” bo‘ylab temir yo‘l liniyasini tiklash masalasiga bag‘ishlangan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Поделиться