O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Davlat boshqaruvini takomillashtirish boʻyicha trening

2020-02-25 | Jamiyat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 24-26-mart kunlari Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi chogʻida BAA hukumati bilan davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish va davlat organlari faoliyatiga innovatsiyalarni joriy etish sohalarida keng koʻlamli hamkorlikni amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Jumladan, Oʻzbekiston va Amirliklar davlat institutlari hamkorligini mustahkamlash, BAAning davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirishga doir tajribasini oʻrganish va uni milliy manfaatlarimizni hisobga olgan holda mamlakatimizda joriy qilish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olingandi.

Ushbu kelishuv ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 24-fevral kuni BAA Vazirlar Mahkamasi ishlari va kelajak vazirligi vakili Aziz Xmud Al-Ameri boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari mamlakatimiz vazirlik va davlat idoralari xodimlari uchun trening tashkil etdi. “Umumiy sifat boshqaruvi: hukumat faoliyatini takomillashtirish” mavzusidagi oʻquvda ishtirokchilar hukumat va uning tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar faoliyatini yana-da takomillashtirish hamda Oʻzbekiston hukumati faoliyati samaradorligi va salohiyatini oshirishda Amirliklar tajribasini qoʻllash boʻyicha oʻzaro fikr almashdi.

Tadbirning birinchi kunida davlat tizimini shakllantirish, menejment, strategiya va uni amalga oshirish, strategik maqsadga erishishda yutuqlarni oʻlchash, samarali boshqaruv vositalarini qoʻllash va samaradorlikni baholash vositalaridan foydalangan holda ish faoliyatini monitoring qilish boʻyicha BAA tajribasi oʻrganildi.

Ishtirokchilar Birlashgan Arab Amirliklarining davlat boshqaruvini takomillashtirish sohasida yetakchi davlatlar qatoridan joy olgani, Oʻzbekistonda ham bu borada keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilayotganini taʼkidladi.

Поделиться