O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
1-martdan nimalar o‘zgaradi?
2020-02-24 | Jamiyat
1. Inkassatsiya xizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan to‘lanadi
Xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi bo‘yicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, ya’ni inkassatsiya xizmatlari ko‘rsatilishining tashabbuskori (xo‘jalik yurituvchi sub'yekt yoki bank) tomonidan to‘lanadi.
2. Qurilishning loyiha hujjatlariga o‘simliklarni salbiy ta’sirdan himoya qilishga oid majburiy talab kiritiladi
Qurilish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta’mirlash, qurilish ob'yektlarini obodonlashtirish, buzish, qurilish ob'yektlarini foydalanishga qabul qilish paytida loyihalash hujjatlariga quyidagi majburiy talablar kiritiladi:
3. Qurilish sohasidagi ayrim xodimlar maoshi oshadi
Byudjet tizimidagi byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob'yektlardan tashqari kapital ta’mirlash ob'yektlarida davlat qurilish nazoratini amalga oshirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi.
Shuningdek, Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari 1,4 barobarga oshiriladi.
4. Limonzorlarni barpo etishning yangi tartibi joriy etiladi
Unga ko‘ra, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi, hokimliklar, qayta ishlash korxonalari va eksport qiluvchi tashkilotlar ishtirokida tashkil etiladigan kooperatsiyalar (klasterlar) va mahsulot yetishtiruvchilar uchun alohida vazifalar belgilandi.
Jumladan, Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaliklarini rivojlantirish agentligi yangi barpo etiladigan limonzorlar uchun standartlarni (ko‘chat navi va sifati, ekish sxemasi, issiqxonaga qo‘yiladigan talablar, resurs tejovchi texnologiyalar hamda boshqalar) belgilaydi, limonchilik tarmog‘ini rivojlantirishda ilg‘or xorijiy tajriba va resurs tejovchi innovatsion texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi.
Shuningdek, kooperatsiyalarga birlashgan limon yetishtiruvchi fermer va dehqon xo‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi korxonalari va tadbirkorlik sub'yektlariga:
yangi limonzorlarni barpo etish va ko‘chatlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning har bir gektari uchun 30 mln so‘mdan oshmaydigan miqdori Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan;
limon mevalarining eksporti bilan bog‘liq transport xarajatlarining 25 foizigacha bo‘lgan miqdori Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan subsidiya sifatida qoplab beriladi.
5. Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi
Baholash yarim yillik va yil yakuni bo‘yicha o‘tkaziladi.
Baholash natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori ko‘rsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy rag‘batlantiriladi.
Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
6. Ayrim jihozlarni O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi
Avval foydalanilgan, bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida ishlab chiqarilgani 3 yildan oshgan induktsion pechlar va kameralarning (TIF TN kodi 8514 20 1000) O‘zbekiston hududiga olib kirilishi taqiqlanadi.
7. Yer ajratish haqidagi hujjatlar hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi
Aholi maskanlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash va obodonlashtirish, shuningdek, ularda kompleks qurilish va rekonstruktsiya qilish ishlarini amalga oshirishga oid qarorlar dastlab o‘sha hududdagi aholi o‘rtasida muhokama qilinib, jamoatchilik ekspertizasidan o‘tkaziladi.
Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yer ajratish haqidagi hujjatlar qabul qilinganidan (rasmiylashtirilganidan) keyin bir kun muddatda tegishli hokimliklarning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilib boriladi.
8. Ayrim hududlarda kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida - 2020 yil 1 martdan boshlab plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob'yekti kadastr pasportining yangi namunasi joriy etiladi.
Bunda, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob'yektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob'yektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.
9. Ipotekaning yangi tartibi bo‘yicha subsidiyaga arizalar DXM orqali beriladi
Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi doirasidagi subsidiyalar olish uchun arizalar Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali beriladi.
10. Nodavlat tibbiy tashkilotlarda litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishi ustidan 2,5 yilda ko‘pi bilan bir marta davomiyligi 5 kundan oshmagan tekshiruv o‘tkaziladigan bo‘ladi.
Shuningdek, Davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan yong‘in xavfliligiga ko‘ra ob'yektlar bo‘yicha quyidagi muddatlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilinishi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi:
1-guruhga kiradigan ob'yektlarda - 1 yilda ko‘pi bilan bir marta;
2-guruhga kiradigan ob'yektlarda - 2 yilda ko‘pi bilan bir marta;
3-guruhga kiradigan ob'yektlarda - 3 yilda ko‘pi bilan bir marta.
11. Nazorat ostidagilarga ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazirlik va idoralar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
12. «Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan hunarmandlar reyestri» onlayn tarzda real vaqt rejimida yangilanuvchi ochiq va umum foydalaniladigan veb-sayt ko‘rinishida ishga tushiriladi.
13. Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini yangidan qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash, moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar, «Zamonaviy maktab»larni qurish va rekonstruktsiya qilishning namunaviy loyihalari va jihozlash me’yorlari asosida amalga oshiriladi.
14. Jamoat maqsadlariga mo‘ljallangan va kecha-kunduz ishlaydigan, sanitariya va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga javob beradigan sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan jihozlanmagan AGTKS, AGQS va AYoQSlarning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
15. «Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kiradi.
16. Respublika bo‘yicha - tegishli ravishda traktorchi-mashinist guvohnomasini rasmiylashtirishda - traktorchi-mashinist guvohnomasining, texnikalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda (qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda) - texnik pasport va texnik guvohnomaning yangi namunalari beriladi.