O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro yo’nalishdagi poyezdlarga ham elektron chiptalar bilan chiqish mumkin

2020-02-24 | Jamiyat

Joriy yilning 1-martidan boshlab, xalqaro yo’nalishlarda qatnaydigan barcha O’zbekiston yo'lovchi poyezdlariga ham elektron ro'yxatdan o’tish jarayoni joriy etiladi. Boshqa so'z bilan aytganda, endi xalqaro yo’nalishdagi poyezdlarga ham temir yo'l kassasiga bormasdan printerda chop etilgan elektron chipta bilan to’g’ridan-to’g’ri poyezdga chiqish mumkin.

Shuningdek, tez kunlarda “E-ticket” elektron temir yo'l chiptalarini sotib olish tizimini xalqaro to'lov tizimlari bilan integratsiyasi ham amalga oshiriladi. Bu esa, dunyoning ko'plab kredit va debit kartalariga xizmat ko'rsatish imkoniyatini yaratadi. “O'ztemiryo'lo'lovchi” AJ ma’lum qilishicha joriy yilning 1-mart sanasidan boshlab shuningdek, elektron chiptalarni rasmiylashtirishda komission yig'imlar miqdori ham kamaytiriladi, ya’ni:

1. “Afrosiyob” yuqori tezlikdagi poyezdlari va barcha boshqa mahalliy yo’nalishlardagi poyezdlarga – 16 000 so'm;
2. Barcha davlatlararo (“Ozbekiston temir yo’llari” AJ va boshqa MDH davlatlarining tarkibiy) poyezdlariga – 56 000 so'm;
3. 001/002-sonli davlatlararo Tulpar-Talgo poyezdga (Olmaota – Toshkent – Olmaota) – 38 000 so'mni tashkil etadi.

IZOH: Elektron chipta bu, Internet orqali ma’lum bosqichlardan (to'liq ismni kiritish, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami – pasport, xorijga chiqish pasporti, tug'ilganlik haqidagi guvohnoma va h.k.) o'tib, Siz xarid qilgan yo’l xujjatidir. To'lov amalga oshirilganidan so’ng poyezddagi joy darhol siz uchun ajratiladi va u faqat sizniki. Sizdan faqat A4 formatida printerda chiqarilgan elektron chipta bo’lishi talab etiladi. Eng muhimi, chiptada ko’rsatilgan harflar va raqamlar aniq va ravshan aks ettirilishi lozim. 

Eslatib o'tamiz, elektron chiptalarni rasmiylashtirishda ma’lumotlarni to'g'ri kiritilishi hamda fuqarolarning davlatga kirish va chiqish pasport-viza qoidalaridan xabardor bo'lishga yo'lovchining o'zi javobgar bo'ladi.

Elektron chiptalarni sotib olish bilan bog'liq barcha savollar bilan +998712997984 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin. 

Поделиться