O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Yoʻl xaritasi” – ikki tomon uchun muhim hujjat

2020-02-21 | Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va Rossiyaning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyish maqsadida “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqdi.

Shu munosabat bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligida mazkur hujjatni rasmiy imzolash marosimi boʻlib oʻtdi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Gʻanisher Mamatqulov va Rossiyadagi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi bosh direktori oʻrinbosari Nikita Bansekin ushbu hujjatni imzolar ekan, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda oʻzaro tajriba almashish hamda hamkorlik munosabatlarini yana-da mustahkamlash yoʻlida ishlab chiqilgan “Yoʻl xaritasi” amaliy samara berishini qayd etdi.

– Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan soha rivojiga qaratilayotgan eʼtibor hamyurtlarimizning ishbilarmonlik salohiyatini sinab koʻrishga keng imkoniyat yaratmoqda, – dedi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi bosh mutaxassisi Dilfuza Avloqulova. – Rossiyaning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi vakillari ishtirokida tashkil etilgan tadbir ham ular faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. Kecha korporatsiya vakillari “Biznes-navigator” portali va uning natijalarini namoyish etib berdi. Bizning maqsadimiz ham tadbirkorlarimizga shunday qulaylik yaratishdir. Bunda ikki tomonlama imzolangan “Yoʻl xaritasi” oʻzining samarasini koʻrsatishiga ishonch bildiramiz.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 13-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori “gi qarori bu jarayonda muhim dasturilamal boʻlmoqda. Qaror ijrosi doirasida mazkur ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro anglashuv memorandumi imzolangan. Unga asosan ushbu ”Yoʻl xaritasi“ amaliyotga tatbiq etib boriladi.

– “Biznes-navigator” portali qariyb bir yilga yaqin muddatda ishlab chiqildi, – dedi Rossiyadagi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish federal korporatsiyasi direksiyasi rahbari Aleksandr Tokar. – Mana, uch yil mobaynida ushbu portal oʻzini oqladi va undan foydalanuvchilar soni oshdi. Portal orqali oʻtgan vaqt davomida daromadni oshirgan kichik va oʻrta tadbirkorlik subyektlarining umumiy soni 700 000 ga yaqinni tashkil etdi. Biz har yili jarayonni faollashtirish uchun rejalar ishlab chiqamiz. Bu yilgi reja esa bu borada orttirgan tajribamizni xalqaro miqyosga olib chiqish. Dastlab portal faoliyati va dasturining taqdimotini Qozogʻistonda oʻtkazdik. Galgi taqdimot esa yurtingizda tashkil etildi. Bugun hamkorlik boʻyicha imzolagan hujjat shu ishlarimizda muhim ahamiyatga ega.
 

Nasiba ZIYODULLAYEVA, OʻzA

Поделиться