O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
XTV va UNFPA ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiradi
2020-02-21 | Ta’lim
Xalq ta'limi vazirligi va BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA) ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish niyatida.
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Yu Yu bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida tomonlar UNFPA tajribasi yordamida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama etdi.
Ta'kidlandiki, tomonlar hamkorligida “O‘zbekiston yoshlari – sog‘lom turmush tarzi tarafdorlari (Yosh tengdoshlar)” pilot loyihasi amalga oshirildi. Loyihaning maqsadi tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida o‘smir qizlarning sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdir.
Tomonlar demografiyaga oid ma'lumotlar asosida ta'lim tizimini rivojlantirishni rejalash va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan hamkorlikni yanada kengaytirish lozimligi haqida fikr bildirdi.
Sherzod Shermatov hamkorlikda katta qo‘shma loyihalarni amalga oshirish vaqti kelganini ta'kidladi.
Uchrashuv davomida tomonlar ikki tashkilot o‘rtasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini ham muhokama etdi.