O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Yangi vazirlik mahalla, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlaydi

2020-02-21 | Jamiyat

O‘zbekistonda yangi tashkil etilgan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining asosiy vazifalari, faoliyat yo‘nalishi va vakolatlari nimalardan iborat?

Adliya vazirligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida shu savollarga javob berildi.
 
Ta’kidlanganidek, “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga muvofiq har bir mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizim joriy etilmoqda.
 
Jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining to‘laqonli va samarali joriy etilishida har tomonlama ko‘maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o‘rnatish vazirlikning asosiy vazifa va faoliyat yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
 
Farmonga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi hamda “Mahalla” o‘quv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot markazi negizida “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etiladi va vazirlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.
 
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi va Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi rahbar organlarining ushbu tashkilotlarni tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamg‘armasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) bo‘limlarini tugatish haqidagi qarorlari qabul qilindi.
 
2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.
 
Bunda, agentlikka FHDYo organlarining ishini tizimli nazorat qilish, malakali kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yish, huquqni qo‘llash amaliyotini muvofiqlashtirish, “FHDYoning yagona elektron arxivi” axborot tizimini yuritish va FHDYo organlarining hududiy arxivlariga rahbarlik bo‘yicha funksiyalar yuklanadi.
 
Farmon bilan mamlakatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni samarali joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
 
Mahalla institutining jamiyatimiz ijtimoiy-ma’naviy hayotida tutgan o‘rnini hisobga olib, soha xodimlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 22 mart – “Mahalla tizimi xodimlari kuni”, deb e’lon qilindi.
 
Anjumanda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
 

Muattar Ro‘ziboeva, O‘zA

Поделиться