O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Maktablarda “5 tashabbus Navroʻzda” festival-tanlovi oʻtkaziladi
2020-02-20 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylarida “5 tashabbus Navroʻzda” festival-tanlovi oʻtkaziladi.
Mazkur festival-tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻquvchi-yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil etishda madaniyat, sanʼat, sport, axborot-texnologiyalari, kitob oʻqishga qiziqishni oshirish, oʻquvchi-qizlarni ijtimoiy faol hayotga jalb etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Festival-tanlov 2019-yilning oktyabr-noyabr oylarida oʻtkazilgan “Umumtaʼlim maktablarida 5 tashabbus” festivalining mantiqiy davomidir.
Ushbu festival-tanlov haftalik shaklda tashkil etilishi belgilangan boʻlib, uning doirasida 6 ta tanlov va festivallar oʻtkaziladi. Jumladan:
a) “Vatanni madh etish oliy saodat” shiori ostida Vatan va bahor haqidagi qoʻshiqlar koʻrik-tanlov;
b) “Yoshlik raqsi” koʻrik-tanlovi;
v) “Bolalar spartakiadasi” milliy va harakatli sport oʻyinlari;
g) “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovi;
d) “Qizlarjon” koʻrik-tanlovi;
e) “Obod maktab” ekologik tanlovi.
Festival yoʻnalishlar boʻyicha quyidagi tartibda tashkillashtiriladi:
a) “Vatanni madh etish oliy saodat” shiori ostida xor jamoalari ijrosi koʻrik-tanlovi joriy yilning 25-fevral kunidan boshlab, xalq taʼlimi tizimidagi umumtaʼlim maktablari, “Mehribonlik uylari”
va imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab,
maktab-internatlari oʻrtasida oʻtkaziladi. Koʻrik-tanlovda oʻquvchilar
va tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan xor jamoalari tomonidan “Vatan va bahor” haqidagi qoʻshiqlar ijro etiladi.
b) “Yoshlik raqsi” koʻrik-tanlovi joriy yilning 1-martidan boshlab tashkil etiladi, unda yuqori sinf oʻquvchilaridan iborat umumtaʼlim maktablari raqs toʻgaraklari aʼzolarining 6 nafari (3 nafar oʻgʻil bola, 3 nafar qiz bola) qatnashadi. Koʻrik-tanlov nomoddiy madaniy merosni asrashga qaratilgan boʻlib, ushbu bosqichda jamoalar “Andijon polkasi”ga raqs tushish boʻyicha bellashadilar. Koʻrik-tanlovning respublika bosqichi Andijon viloyati hokimligi tashabbusi bilan Andijon viloyatida oʻtkaziladi.
v) “Bolalar spartakiadasi” milliy va harakatli sport oʻyinlari joriy yilning 25-fevral kunidan boshlab, umumtaʼlim maktablarining
7-11-sinflar oʻquvchilari oʻrtasida tashkil etiladi. “Bolalar spartakiadasi” “Ovchilar oʻyini”, “Arqon tortish”, “Oʻrin almashish”, “Kim mergan” kabi milliy va harakatli sport oʻyinlaridan oʻtkaziladi.
g) “Yosh kitobxonlar” koʻrik-tanlovi joriy yilning 1-mart kunidan boshlab, Respublika “Bolalar kutubxonasi”ning facebook.com ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida savollar berib boriladi. Koʻrik-tanlov shartiga koʻra 60 nomdagi badiiy adabiyotlar mutolaa uchun uyga vazifa qilib beriladi hamda badiiy adabiyotlar asosida tuzilgan savollar boʻyicha eng tez va toʻgʻri javob bergan, eng faol qatnashgan maktab jamoalari (oʻquvchilar va oʻqituvchilar (kutubxonachi) gʻolib deb topiladi.
d) “Qizlarjon” koʻrik-tanloviga joriy yilning 25-fevral kunidan boshlab start beriladi. Koʻrik-tanlovda 5 ta oʻquvchi-qizlar 5 tashabbusning har bir yoʻnalishidan iborat shartlari yaʼni, “Men isteʼdodman”, “Sport malikasi”, “Texno tashabbus”, “Kitobning doʻstiman”, “Daromadli oshxona” boʻyicha bellashadilar.
ye) “Obod maktab” ekologik tanlovida 5 ta loyiha va aksiyalar tashkil etiladi. Joriy yilning 1-mart kunidan boshlab maktab obodonlashtiriladi hamda oʻquvchilar mavjud daraxtlarga shakl berib parvarishlaydilar. Shuningdek, mazkur tanlov doirasida “Mehrli gullar”, “Oʻquvchilar bogʻi” loyihalari, “Tabiatning doʻstiman” aksiyasi, “Hashar navolari” media tanlovi oʻtkaziladi.
Mazkur festivalda hududlarda jami 2,6 mln. nafar oʻquvchi-yoshlar ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Respublika bosqichida 700 nafarga yaqin oʻquvchi va oʻqituvchilar gʻoliblik uchun kurashadi hamda festival yakuni boʻyicha 162 nafar oʻquvchi, oʻqituvchilar, gʻolib va sovrindor boʻladilar.
Gʻolib boʻlgan oʻquvchi, oʻqituvchilar hamda taʼlim muassasalariga 30 nomga yaqin musiqa jihozlari, sport inventarlari, kompyuter texnikasi, media jihozlar, badiiy adabiyotlar va oshxona anjomlari sovgʻa qilinadi.
Festival jarayonlari haqidagi maʼlumotlarni facebook.com va telegram ijtimoiy tarmoqlarida tashki