O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘quvchilar bilimini interaktiv usulda baholovchi innovatsion olimpiadaga start berildi
2020-02-19 | Ta’lim
Joriy yilning 19-fevral kuni Jizzax shahridagi 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning bilim va salohiyatini interaktiv usullarda sinovchi innovatsion olimpiadaga start berildi.
Innovatsion olimpiadaning har yili o‘tkaziladigan fan olimpiadalaridan farqi har bir tumandan kuchli o‘ntalikka kirgan o‘quvchilar ishtirok etadi. Olimpiada 3 bosqichda o‘tkazilib, sinovning 1-turida yetarli ball to‘play olmagan o‘quvchilar sinovning 2-turiga kiritilmaydi. Shu bilan birga sinov jarayonlari haftalarga taqsimlanadi.
Tashkil etilgan innovatsion olimpiada aniq, tabiiy hamda gumanitar fanlardan o‘tkazilmoqda.
Mazkur olimpiada shu kungacha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajriba, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlarning taklif, mulohazalariga ko‘ra tashkil etildi.
Shuningdek, innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etishlari uchun tavsiya etiladi.
Ushbu innovatsion olimpiada ishtirokchilarning natijalari Jizzax viloyat xalq ta’lim boshqarmasi tomonidan ma’lum qilinadi.