O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

London shahrida ta’lim sohasida bitim imzolandi

2020-02-19 | Ta’lim

2020-yilning 18-fevral kuni London shahrida Vestminster universiteti prezidenti Piter Bonfild va Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti (TXVU) rektori Komiljon Karimov o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra Piter Bonfild mamlakatimizda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayonlarinibg keng ko‘lamliligini, davlat rahbariyatining oliy va professional ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratayotgan e’tiborini qo‘llab-quvvatlagan, yurtimizning ulkan insoniy imkoniyatlariga to‘xtalib o‘tgan. Bularning barchasi o‘zaro aloqalar uchun qulay sharoit yaratadi, Vestminster universiteti va Britaniyaning boshqa oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik sheriklari bilan hamkorlik qilishga qiziqishining ortishiga xizmat qiladi.

Muzokaralar so‘ngida sifatli ta’lim standartlarini ta’minlashga asoslangan holda kadrlar tayyorlash jabhasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida strategik sherikchilikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bitim imzolandi. Hujjat, xususan, TXVUda moliyaviy texnologiyalar, biznes-menejment va marketing sohalarida yangi bakalavr o‘quv dasturlarini hamda inson resurslarini boshqarish va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha magistrlik kurslarini joriy qilishni ko‘zda tutadi. Tomonlar zarur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat xizmatchilari, biznes vakillari va jismoniy shaxslarning malakasini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli kurslar va treninglarni tashkillashtirish borasida ham hamkorlik qiladi.

Bitim qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqish maqsadida joriy yil mart oyi boshida Vestminster universitetining global hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori, professor Aleksandr Xayes hamda noyabr oyida Piter Bonfild O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Vestminster universiteti rahbariyati bilan London shahrida Britaniya jamoatchiligini O‘zbekistonning boy madaniy-tarixiy merosi, turizm va investitsion salohiyati bilan tanishtirish borasida qator tadbirlarni birgalikda o‘tkazish to‘g‘risida ham kelishuvga erishildi.

Поделиться