O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Savdo-sanoat palatasi Vengriyaning yirik kompaniyalari bilan "B2B" formatidagi biznes uchrashuvni tashkil etdi
2020-02-19 | Iqtisodiyot
18-fevral kuni O‘zbekiston-Vengriya biznes-forumi doirasida “B2B” formatidagi kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tdi.
Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda O‘zbekiston-Vengriya davlatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, o‘zaro tovar aylanmasini hajmini oshirish, tadbirkorlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Bizness forumda Vengriyaning AKT, qishloq xo’jaligi, oziq-ovqat, yengil sanoati, qurilish va muxandislik kabi 30 ortiq etakchi kompaniya vakillari hamda 50ga yaqin mahalliy tadbirkorlar qatnashdi.
Muzokaralar davomida biznes vakillar O’zbekiston va Vengriya o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, investitsion loyihalarni amalga oshirish, qo‘shma korxonalarni tashkil etish bo’yicha fikr allmashdilar.
Tadbir doirasida Savdo-sanoat palatasining Toshkent shahar xududiy boshqarmasi va Budapesht Savdo-sanoat palatalasi o’rtasida kelishuv imzolandi. Unda o’zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish orqali hamkorlikning yangi bosqichiga chiqish, iqtisodiyotning barcha sohalarida qo’shma loyihalarni amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Shuni qayd etish kerakki, 2019- yilda ikki davlat o’rtasidagi tovar aylanmasi hajmi 60 mln.AQSH dollaridan oshdi.
Asosiy import mahsulotlarini: dori-darmonlar, mexanika va elektr jihozlari, chorvachilik mahsulotlari va boshqalar tashkil etadi.
Eksport tovarlari esa: xizmat ko’rsatish, neft mahsulotlari, kalava iplar, meva-sabzavotlar,o’g’itlar, transport vositalari va ularga ehtiyot qismlar yetkazib berish kabilardir.
Hozirgi kunda O’zbekistonda 3ta Vengriya korxonlari faoliyat yuritayotgan bo’lib, ulardan 2tasi qo’shma korxona, 1tasi esa to’liq Vengriya kapitali orqali moliyalashtirilgan.
Uchrashuvda takidlanganidek, bu kabi uchrashuvlar har ikki tomon biznes vakillari uchun manfaatli bo’lib, istiqbolda ikki davlat o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqlarining rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqishiga amaliy ko’mak beradi.