O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Rossiya universiteti Namanganda o‘quv kurslari tashkil etadi
2020-02-19 | Ta’lim
Joriy yilning 18-fevral kuni Namangan viloyati Savdo-sanoat palatasi tominidan “ZAMONAVIY KELAJAK TA’LIM” o‘quv markazida Rossiya Xalqlar do‘stligi universiteti direktori o‘rinbosari Andrey Kolesnikov ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda Namangan viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub'ektlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Rossiya ishbilarmon doira vakillari o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilish, jumladan, biznes uchrashuvlar o‘tkazish, shartnoma va kelishuvlarning huquqiy asoslarini o‘rganish, tadbirkorlarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish yuzasidan hamkorlikdagi ta'lim dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro fikr almashildi.
Tomonlar shuningdek, Rossiya tajribasi asosida biznes vakillarining o‘z faoliyatlarini yanada rivojlantirilishiga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarni tashkil etishga kelishib olishdi.Facebook