O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-02-18 | Iqtisodiyot

Joriy yil 18-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Vengriya tashqi ishlar va tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri P.Siyyarto bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan iqtisodiy munosabat masalalariga berilayotgan ustuvolik bir necha bor ta’kidlandi - ushbu yo‘sinda birgalikdagi faoliyat uchun 2019-yilda Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiyaning 4-chi yig‘ilishi natijalari va 2019-yil 15-oktabrda Baku shahrida Turkiy tillar hamkorlik kengashi yig‘ilishi doirasida Vengriya Bosh vaziri V.Orban bilan yuqori darajadagi uchrashuvlar chog‘ida erishilgan kelishuvlar asos bo‘ldi.

Tomonlar ikki mamlakatning iqtisodiyoti va ishbilarmonlari doirasining yaqinlashishi uchun tanlangan yo‘lni saqlanishini ta’kidladilar - mazkur lavhada ikki davlatning xususiy biznesi o‘rtasida savdo-investitsiyaviy hamkorligini mustahkamlashga ko‘mak berishga xizmat qiluvchi O‘zbek-Venger Ishbilarmonlik kengashini tashkil etish tashabbusiga alohida ahamiyat berilmoqda.  

Uchrashuv yakuni bilan o‘zaro manfaatli loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish orqali O‘zbekiston va Vengriya mamlakatlarning o‘zaro iqtisodiy bog‘liqligini oshirish mexanizmlari birgalikda ishlab chiqildi. Buning uchun istiqbolli soha va tarmoqlarda hamkorlikni kengaytirish uchun salohiyatni o‘rganish ishlari tizimli davom ettiriladi.

Поделиться