O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimni samarali joriy etish – davr talabi
2020-02-17 | Xavfsizlik sohasi
Mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni saqlashda ichki ishlar organlari va ularning samarali faoliyati hal qiluvchi o'rinni egallaydi. Ayni paytda, shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr talablari barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari xodimlaridan ham tinimsiz o'qib-o'rganishni, o'z ustida ishlashni, bilim va saviyasini, malakalarini doimo oshirib borishni taqozo qiladi.
Bu borada Davlatimiz Rahbarining Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga ko'tarish, ichki ishlar idoralari xalqchil tuzilmaga, fuqarolarning chinakam himoyachisiga aylantirish zarurligiga alohida e'tibor qaratildi.
Ayni kunlarda IIV Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan Institutda tuman va shaharlar ichki ishlar organlarining jinoyat-qidiruv bo'limlari tezkor vakillari hamda ekspert-kriminalistika bo'linmalari xodimlarining malakasi oshirilmoqda.
– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, ularning quyi bo'g'inlarini aholiga yanada yaqinlashtirgan holda mustahkamlash, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan yangi tizimning mazmun-mohiyati bilan mashg'ulotlarda tanishyapmiz. Huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning mexanizmlari bo'yicha tushunchalarga ega bo'lyapmiz, – deydi Ichki ishlar vazirligi ekspert-kriminalistika bosh markazi eksperti, mayor Ilhom Xaydarov. – O'quv jarayonida sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar, yangiliklar va xorij tajribalari bilan tanishyapmiz. Bizning oldimizdagi asosiy vazifa nazariy va amaliyotning uyg'unligini ta'minlab, olgan bilimlarimizni faoliyatimizga samarali tadbiq etish hisoblanadi.
O'quv yig'iniga jalb qilingan xodimlarga joylardagi ichki ishlar organlarida xizmatni to'g'ri tashkil qilishlari uchun tizimdagi islohotlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jinoyatlarni oldini olish va fosh etish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi muammolar va ularning echimlari yuzasidan tegishli tavsiyalar berilmoqda.
– O'quv jarayonlari zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida ta'lim standartlari talablari bo'yicha olib borilmoqda, – deydi Farg'ona viloyati Uchko'prik tumani IIB Jinoyat-qidiruv bo'limi katta tezkor vakili, mayor Sodiqjon Yigitaliev. – Mashg'ulotlarning aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, keys-stadi, kollegial muhokama, taqdimot va qayta aloqa kabi interfaol usullarda tashkil etilayotganligi biz tinglovchilarga manzur bo'lyapti.
O'quv mashg'ulotlarida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi xorijiy davlatlarning ilg'or tajribalari misolida ularni amaliyotga joriy etish usullari muhokama qilinmoqda.
Shu bilan birga, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Surxondaryo viloyatlaridagi profilaktika inspektorlari, patrul`-post xizmati bo'linmalari rahbarlari va ichki ishlar idoralari boshliqlarining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosarlari uchun ham malaka oshirish sayyor o'quv yig'inlari o'tkazilmoqda.
O'quv yig'inlarida Davlatimiz Rahbari tomonidan ilgari surilgan ichki ishlar organlari faoliyatiga oid dolzarb vazifalarga, ularning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga, sohaga oid qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hamda idoraviy-huquqiy hujjatlarning talablari bilan tanishtirishga va ular asosida xizmat faoliyati samaradorligini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “O'z Vatanini, ona xalqini ravnaq toptirish uchun o'zini ayamasdan mehnat qilish:
bu – jasorat va mardlik, bu – ona yurtga muhabbat va sadoqat,
bu – to'g'ri tarbiya va amaliy namuna” ekanligi misollar orqali tushuntirib berilmoqda.
– Mamlakatimizda barcha sohalar singari, ichki ishlar organlari tizimini ham takomillashtirish, xalqchil tuzilmaga aylantirish, “Jinoyat haqiqati va adolati”, “Qonun va adolat – ustuvor, jinoyatga jazo – muqarrar” degan tamoyillarni amalda qaror toptirish soha xodimlarining bilim va ko'nikmalarini oshirish bilan uzviy bog'liq,
– deydi Surxondaryo viloyati Boysun tumani IIB boshlig'ining jamoat tartibini saqlash bo'yicha o'rinbosari, podpolkovnik O'ktam Raxmonov. – Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkazilayotgan sayyor o'quv yig'inlarida sohaga oid yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, soha faoliyatiga oid tajribalar bilan yaqindan tanishyapmiz. endilikdagi asosiy vazifamiz olgan bilimlarimizni kundalik faoliyatimizga tadbiq etish hisoblanadi.
– Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda “hududlar tajribasi”, xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatidagi ijobiy tajribalarni tushuntirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda, – deydi Qoraqalpog'iston Respublikasi Xojayli tumani IIB profilaktika inspektori, leytenant Azizbek Bekniyazov. – Huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, jamoat xavfsizligini ta'minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishdik. Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda, ayniqsa voyaga etmaganlar va yoshlar o'rtasida, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda davlat, nodavlat tashkilotlar, ichki ishlar organlarining sohaviy xizmatlari bilan o'zaro hamkorlikni to'g'ri tashkil etish yo'llarini o'rgandik.
Shuningdek, joylarda o'quv mashg'ulotlari doirasida “Istiqbolli avlod” ijtimoiy axborot markazi mutaxassislari tomonidan “Odam savdosi bilan bog'liq bo'lgan jinoyatlarga qarshi kurashish” mavzusida seminar-trening mashg'ulotlari ham o'tkazilmoqda.
Institut professor-o'qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o'quv yig'inlari, mahallalarda targ'ibot tadbirlari hamda kam ta'minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg'iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.