O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

XTV va UNODC yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish uchun hamkorlikni kengaytiradi

2020-02-17 | Ta’lim

Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvandlik va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi (UNODC) yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish uchun hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov UNODCning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi rahbari Ashita Mittal boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar oxirgi yetti yil ichida ikki tomonlama hamkorlik natijalarini muhokama qildi. 2013-2019-yillarda tomonlar hamkorlikda “Oila va maktab birgalikda”, “Mustahkam oila”, “Adolat uchun taʼlim”, “Baxtli maktablar” va “Hayotga qoʻshil” kabi loyihalarni amalga oshirildi. Baʼzi loyihalar hali ham amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, tomonlar XTV va UNODC oʻrtasida 2020-2025-yillarda hamkorlik hamda 2020-yilning aprel oyida Kiotoda (Yaponiya) oʻtadigan Jinoyatchilikni oldini olish va jinoiy sudlov masalalariga bagʻishlangan kongressda vazirlik vakillarining ishtiroki masalalarini ham koʻrib chiqdi.

Jumladan, tomonlar UNODCning yoshlar siyosati va ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash milliy strategiyasida hamda maktablarda joriy etiladigan “Tarbiya” fanini ishlab chiqishdagi ishtirokini ham muhokama qildi.

“Hayotga qoʻshil” loyihasini Fargʻona vodiysining boshqa maktablari va mamlakatimizning boshqa hududlarida amalga oshirish masalalari ham koʻrib chiqildi.

Tomonlar yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olishda taʼlim muhim omil ekanligini taʼkidladi.

Поделиться