O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Turkiyaning vitse-prezidenti F.Oktay bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-02-14 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 13-fevral kuni Anqara shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasini Turkiya Respublikasining vitse-prezidenti F.Oktay qabul qildi.

Uchrashuv do‘stona ruhda o‘tib, ikki tomonlama munosobatlarning keng qamrovli masalalari muhokamasiga bag‘ishlandi.

Tomonlarning diqqat markazida investitsiyaviy hamkorlikni jadallashtirish va o‘zaro savdo nomenklaturasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy munosabatlarni kuchaytirish masalalari bo‘ldi.

Shu maqsadda, turli yo‘nalishlar va sohalarda aniq muddatlari va mas’ullari belgilangan holda, amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

Shuningdek, transport va yuk tashish sohalarida tizimli o‘zaro munosabatlar, Turkiya hukumati tomonidan texnik ko‘mak berish va imtiyozli kreditlash dasturlari doirasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish masalalariga to‘htalib o‘tildi.

Alohida ravishda "Gebze" maxsus sanoat zonasining filialini tashkil qilish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi. Bu borada, Turkiya tarafi O‘zbekistonda mazkur sohadagi ilg‘or xorijiy tajriba asosida tayyorlangan "Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi" Qonunini qabul qilinganligini olqishladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuvini imzolashga tayyorgarlikni jadallashtirish va  mazkur bitimga kiritilishi taklif etilayotgan tovarlar pozitsiyalarini kengaytirish masalalari o‘rganildi hamda uni amalda qo‘llash tartiblari kelishib olindi. Mazkur choralar  Turkiya va O‘zbekiston respublikalarining o‘zaro savdo aylanmasini 5 milliard dollarga yetkazish borasida ikki mamlakat Prezidentlari tomonidan berilgan topshiriqni amalga oshirilishiga katta ko‘mak berishi kutilmoqda.

Muloqot chog‘ida birgalikda amalga oshirilayotgan tadbirlarning bajarish holatini ko‘rib chiqish uchun ikki mamlakat idoralarining muntazam ravishda uchrashuvlarini tashkil qilish orqali ishlarni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqligi borasida tomonlarning umumiy pozitsiyasi bildirildi.

Buning tasdig‘i tariqasida, Turkiya hukumati joriy yilning mart oyi boshida Turkiyaning sanoat va savdo vaziri boshchiligidagi turk tadbirkorlaridan iborat delegatsiya tashrifini amalga oshirishni reja qilmoqda.

Shuningdek, tomonlar Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyasi doirasida hamkorlikni faollashtirish va uning ishini doimiy va tizimli ravishda ta’minlashga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakuni bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida yaqin munosabatlarni o‘rnatish, o‘zaro kelishib olingan tadbirlar va loyihlarni ilgari surish bo‘yicha doimiy aloqalarni ta’minlash borasida kelishuvlarga erishildi.

Поделиться