O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya parlamenti vakillari bilan London shahridagi uchrashuvlar

2020-02-14 | Siyosat

2020-yilning 13-fevral kuni London shahrida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya Buyuk Britaniya parlamenti Jamoatlar palatasi vitse-spikeri Eleonora Leng, Lordlar palatasi a’zosi Baronessa Alison Satti, Inson huquqlari bo‘yicha qo‘shma parlament qo‘mitasi vakillari hamda Buyuk Britaniya ilmiy-tadqiqot va ta’lim markazlari ekspertlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Amaliy va konstruktiv muhitda o‘tgan muloqotlar chog‘ida parlamentarizm va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, fuqarolik jamiyatini mustahkamlash, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash va himoya qilish masalalari muhokama qilindi. Britaniya tomoniga mamlakatimizni rivojlantirishning strategik yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha batafsil dasturni belgilab bergan O‘zbekiston Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasining mohiyati va ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli va jadal ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni olqishlab, Jamoatlar palatasi vitse-spikeri Eleonora Leng parlament maqomini oshirish, hukumatni shakllantirishda, inson huquq va erkinliklari himoyasini ta’minlashda parlament rolini kuchaytirish sohasida mamlakatimiz erishgan ijobiy yutuqlarni alohida qayd etdi. Ayni paytda qonun chiqaruvchi organda oshkora ovoz berish mexanizmini jorish etish va uning majlislarini onlayn translyatsiya qilish parlament faoliyati samaradorligini oshirishga imkon berishi ta’kidlandi.

Vitse-spiker Birlashgan qirollik parlamentining ko‘p asrlik tarixi va an’anlariga qaramay Britaniya deputatlari boshqa mamlakatlarning, jumladan O‘zbekistonning parlamentarizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish va tajriba almashishga qiziqish bildirishini ta’kidladi. Shu munosabat bilan qonun chiqaruvchilar, yuristlar va fuqarolik jamiyati vakillari ishtirokida qo‘shma tadbirlar tashkillashtirishga qiziqish bildirildi. Uning so‘zlariga ko‘ra bunda yaqindagina yangi tarkibi shakllantirilgani O‘zbekiston bo‘yicha barcha partiyalar parlament guruhi muhim rol o‘ynashi mumkin.

Xalqaro huquqni mustahkamlash, jumladan Yoshlar huquqlari bo‘yicha BMT konvensiyasini qabul qilish bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslariga yuqori baho berib, Britaniya tomoni xalqaro tashkilotlar, xususan BMT va uning shartnomaviy organlari, YXHT Parlament Assambleyasi, Parlamentlararo ittifoq va boshqa tuzilmalar doirasida hamkorlik qilishning muhimligini qayd etdi.

Britaniya ekspertlari yoshlar huquqini ta’minlash masalalari va O‘zbekiston tomonidan ishlab chiqilgan tegishli BMT konvensiyasi loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan Samarqand forumida ish etishga katta qiziqish bildirdilar.

Поделиться