O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Moskva shahrida «Invest in Rising Uzbekistan» biznes-seminari bo‘lib o‘tdi

2020-02-14 | Iqtisodiyot

Moskvada Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Yaponiya tashqi savdoni rivojlantirish tashkiloti (JETRO) bilan hamkorlikda yapon kompaniyalarini O‘zbekiston Respublikasining investitsiya imkoniyatlari bilan tanishtirish maqsadida biznes-seminar tashkil qilindi.

Seminarda MDH davlatlarida biznesni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi va O‘zbekiston bozorida faoliyat ko‘rsatishga qiziqish bildirgan yapon kompaniyalarining Rossiyadagi bo‘linmalarining 35 vakillari ishtirok etdilar.

Seminar ishtirokchilariga O‘zbekistonning o‘sib borayotgan bozorining jozibadorligi va salohiyati hamda biznesni yuritishning afzalliklari va investorlar uchun yaratilgan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

JETROning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari D.Takaxashi O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlar va Yaponiya kompaniyalarining biznesi uchun  imkoniyatlar to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Shu bilan birga, «SBI Holdings», «Mitsubishi Corpoartion», «Sumitomo Corpoartion», «Mitsui & Co.», «JCB», «Mizuho Bank», «Tokyo Marine», «Nikkei», «Deloitte», «Ernst & Young» i «PWC» vakolatxonalari rahbarlari bilan investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalari va bu yo‘nalishdagi aniq choralar muhokama qilindi.

Поделиться