O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi va Chonan shahar chet ellik ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida Kelishuv imzolandi
2020-02-14 | Jamiyat
2020-yil 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Koreya Respublikasidagi Vakolatxonasi va Chonan shahar chet ellik ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi o‘rtasida Koreya Respublikasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun madaniy, ta’lim va maslahat berish loyihalarini to‘siqsiz amalga oshirishda o‘zaro yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Kelishuv imzolandi.
Mazkur Kelishuvga muvofiq tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik qiladilar:
1. O‘zbekiston fuqarolari uchun koreys tili va boshqa o‘quv kurslarini tashkil etish tizimini yaratish.
2. Madaniy tadbirlarni o‘tkazish va hamkorlikda zarur vazifalarni hal etish.
3. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga maslahat va amaliy yordam ko‘rsatish.
4. Tomonlarning hamkorligi uchun zarur bo‘lgan boshqa masalalar.
Bundan oldin, 2019-yil 4-iyun kuni Katta Kvangju shahri Chet ellik ishchilarni qo‘llab-quvvatlash markazi bilan ham bunday Kelishuv imzolangan edi.