O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Jahongir Artikxodjayev “Boston Consulting Group” kompaniyasining katta hamkori Vladislav Butenko bilan uchrashdi

2020-02-13 | Iqtisodiyot

Uchrashuvda BSG kompaniyasining katta hamkori Vladislav Butenko bilan birga kompaniya direktori Igor Alekseyev va loyiha rahbari Aleksey Belyakovlar ishtirok etdilar.

O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama etilar ekan, taraflar turizmni rivojlantirish, shaharning investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan loyihalarni birgalikda amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdilar. BSG kompaniyasining katta hamkori Vladislav Butenko xalqaro tajriba va kompaniya mutaxassislarining amaliy ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda ushbu yo‘nalishlarda Toshkentga har taraflama ko‘mak berishga tayyorligini ma’lum qildi.

Ma’lumot o‘rnida qayd etish joiz, “Boston Consulting Group” (BCG) - boshqaruv konsaltingiga ixtisoslashgan xalqaro kompaniya bo‘lib, shu yo‘nalishdagi katta uchtalikka kiradi. Kompaniya ayni vaqtda yurtimizdagi vazirliklar va idoralar uchun qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

BCG Toshkentning iqtisodiy imkoniyatlari va investitsion salohiyatini ham o‘rganib chiqqan va uning mutasaddilari bo‘lajak loyihalarni shunga asoslangan holda tayyorlashini bildirib o‘tdilar.

Поделиться