O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkent shahar hokimligida “Toyota Trade Company” kompaniyasi bilan elektrotexnika sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi

2020-02-13 | Iqtisodiyot

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Sharof Rahmonov Yaponiyaning “Toyota Trade Company” va “Toyota Tsusho Asia Pacific” kompaniyalari mutasaddilari bilan uchrashdi.

O‘zaro muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. “Toyota Trade Company” kompaniyasining Toshkentdagi ofisi rahbari Takaki Manabu ularning kompaniyasi O‘zbekistonda 20 yildan beri samarali faoliyat yuritayotgani, uzoq yillar davomida tekstil korxonalari uchun uskunalar yetkazib bergani, so‘nggi 2 yilda esa aloqa va axborotlashtirish sohasida qo‘shma loyihani amalga oshirayotgani, bu loyiha internet tezligini oshirishga qaratilganligini aytib o‘tdi.

Sharof Rahmonov Toshkent shahar hokimligining Yaponiya kompaniyalari bilan aloqalari rivojlanib borayotgani, poytaxt hokimligi ular bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligini ma’lum qildi. Ayni paytda shahrimizda elektrotexnikalarni ishlab chiqarishni kengaytirish rejasi borligi va shu yo‘nalishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkinligini aytib o‘tdi. Shuningdek, mehmonlarga hozirda poytaxtimizda mavjud quvvatlar bilan tanishishni taklif etdi va bu yo‘nalishdagi ob'yektlar bo‘yicha ma’lumot berib o‘tdi.

Поделиться