O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda I Xalqaro aviatsiya forumi bo‘lib o‘tadi

2020-02-13 | Iqtisodiyot

12-fevral kuni poytaxtdagi “Hilton” mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov boshchiligida «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» birinchi xalqaro forumiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda, shuningdek, Transport vaziri Elyor G‘aniyev, “Uzbekistan Airports” AJ raisi Ravshan Ismailov, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori v.b. Tolib O‘ljayev hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda 19-20-fevral kunlari Toshkent shahridagi «O‘zekspomarkaz» Milliy ko‘rgazma majmuasida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan «Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum» (UAALF-2020) xalqaro aviatsiya forumi haqida so‘z bordi. I Xalqaro aviatsiya forumi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Transport vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “Uzbekistan Airports” AJ hamda BAAning «Fair Exhibition Organizers» kompaniyasi tomonidan o‘tkaziladi. Ma’lumot uchun: «Fair Exhibition Organizers» (FEO) AL ZAROUNI kompaniyalar guruhining bir qismi bo‘lib, unga 1999-yilda asos solingan. Hozirgi kunga qadar 150dan ortiq xalqaro ko‘rgazma FEO tomonidan tashkil etgan. Dunyo bo‘yicha 15dan ortiq idorasiga ega.

UAALF 2020 xalqaro forumida Buyuk Britaniya, Germaniya, Frantsiya, Kanada, Hindiston, Braziliya, Turkiya, Kuvayt, Misr, Rossiya, Xitoy, Janubiy Koreya kabi ko‘plab davlatlardan 60 dan ziyod eksponent, 300 delegat va 1200 mutaxassis, jumladan xorijiy davlatlarning transport vazirliklari rahbarlari, fuqaro aviatsiyasi va aeroportlar boshqaruvi vakillari, yetakchi xalqaro va xorijiy aviakompaniyalar, aeroportlar, aviatsiya va transport sohasidagi kompaniyalarning yuqori lavozimli rasmiylari ishtiroki kutilmoqda. Ikki kunlik tadbirga dunyoning 130 ga yaqin xalqaro tashkiloti jalb qilingan, xususan, “Boing” va “Jetcraft” (AQSh), “Air Charter Service” (Buyuk Britaniya), “Bombardier Business jets” (Kanada), “TLD” (Hindiston), “Luftansa Consulting” (Germaniya), “EGIS” (Frantsiya), “ATR” (Ispaniya), “Kuwait Airways” (Kuvayt), “Air Arabia” va “BGT Events” (BAA), “Gulf Air” (Baxrayn), “Korean Air” va “Asiana Airlines” (Janubiy Koreya), “Azerbaijan Airlines” (Ozarboyjon), “Aeroflot” va “IrAero” (Rossiya), “Al Masriya” (Misr), “Zagros Airlines” (Eron), “Pegasus Airlines” va “Turkish Airlines” (Turkiya), “Mitsubishi Corporation” (Yaponiya), “Air Astana” (Qozog‘iston) va b.

“Ushbu tadbir eksponentlar va mehmonlarga qarorlar qabul qiluvchi mansabdor shaxslar bilan aloqalarni rivojlantirish uchun qudratli platforma sifatida xizmat qiladi. Xalqaro aviaforum doirasida ko‘plab yuqori darajali uchrashuvlar, konferentsiyalar, ko‘rgazma hamda qiziqarli taqdimotlar o‘tkaziladi. Birinchi xalqaro aviaforum dunyoning yetakchi aviakompaniyalarini O‘zbekistonga jalb etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi”, - dedi Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Forum doirasida o‘tadigan ko‘rgazmada aeroportlar, aviatsiya va logistika vakillari o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishadi, zero O‘zbekiston hukumati mamlakatda aviaqatnovlarga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojni qondirish maqsadida o‘zining logistik imkoniyatlarini kengaytirishga harakat qilmoqda. Matbuot anjumani so‘ngida xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari spikerlarga o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollar bilan murojaat qilishdi va ularga aniq javoblar olishdi.

Xususan, ular yangi aeroportlar va ularda tasvirga olish jarayonlari, aviakompaniyalar, sohada berilayotgan imkoniyatlar, IT-texnologiyalar, yangi texnikalar xaridi bilan bog‘liq masalalarga qiziqish bildirishdi. Ta’kidlash joizki, Prezident Shavkat Mirziyoyev 28 yanvar kuni turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘tkazgan yig‘ilishida samolyot va poyezdlarimizda xizmat ko‘rsatish sifati haqida so‘z yuritdi. Transport vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga O‘zbekistonning 4 aeroportida joriy etilgan “ochiq osmon” rejimidan to‘liq foydalanish, yangi avia yo‘nalishlar ochish, tezyurar poyezdlar sonini ko‘paytirish, chiptalar narxini arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilganini inobatga oladigan bo‘lsak, UAALF-2020 tadbirining o‘tkazilishi ayni bugungi kunning talabi va maqsadiga muvofiqdir.

Поделиться