O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Import uchun QQSni 120 kungacha kechiktirish mumkin

2020-02-13 | Iqtisodiyot

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilari uchun QQS to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. (VMQ-76, 10.02.2020 y.)

QQS to‘lashni 120 kungacha kechiktirish mumkin

Nizomga ko‘ra, qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda QQS to‘lashni 120 kungacha kechiktirish imkoniyati berilishi mumkin.

Qarorda joriy yilning 1-oktabriga qadar tovarlarni import qilishda QQS to‘lovchilar uchun QQS to‘lash muddatini uzaytirish jarayonini avtomatlashtirish belgilandi.

Imkoniyat bojxona qarori bilan beriladi

QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi. Buning uchun soliq to‘lovchilar bojxona xizmati organiga ariza va QQS ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishi lozim.

Davlat bojxona xizmati organi QQSni to‘lash muddatini uzaytirish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qarorni 5 ish kunida qabul qiladi.

To‘lov muddatini uzaytirish imkoni berilganda, uning summasi va tugash muddati ko‘rsatiladi.

Muddatni uzaytirish rad etilganda soliq to‘lovchi 1 ish kuni ichida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.

Soliq to‘lovchilar ro‘yxati, shu jumladan, yirik soliq to‘lovchilar ispektsiyasi hisobida turgan korxonalar reyestri DSQ rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Norezidentlardan tovar olganlarga kechiktirish muddati DSQ tomonidan taqdim etiladi  

Nizomda O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda to‘lov muddatini uzaytirish tartibi ham belgilandi.

Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni to‘lash muddatini uzaytirish uchun davlat soliq xizmati organiga tegishli tartibda ariza taqdim etishi mumkin.

Kafolat hujjati nima?

QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi arizaga QQS summasini to‘lash ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.

QQSni to‘lash buyicha majburiyatlar summasidan kam bo‘lmagan garov bilan ta’minlangan mol-mulk va bank kafolati tasdiqlovchi hujjat sifatida qabul qilinadi.

Bunda Yirik solik to‘lovchilar bo‘yicha inspektsiya hisobida turuvchi soliq to‘lovchilar nazarda tutilmaydi.

Davlat soliq xizmati organi QQS to‘lovchisi zarur hujjatlarni taqdim qilgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida to‘lov muddatini uzaytirish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Intizomsiz soliq to‘lovchilarning arizasi rad etiladi

Arizani rad etishda moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatlarining ariza berilgan sanadan oldingi 12 oy mobaynida buzilganligi inobatga olinadi.

To‘lov muddatini uzaytirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, bir ish kunida soliq to‘lovchi rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabardor qilinadi.

Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) buyicha QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati ham 120 kun muddatgacha beriladi.

Qarorda QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanadigan QQS summasidan Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undirish belgilandi.

Bunda 120 kun ichida to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi to‘lanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladi.

Imtiyoz muddati buzilsa, undirish choralari ko‘riladi

To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, soliq xizmati organlari belgilangan tartibda qarzdorlikni undirish choralarini ko‘radi.

Поделиться