O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Joriy yilda 420 MTT ochilishi rejalashtirilgan

2020-02-13 | Ta’lim

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Maktabgacha taʼlim vazirligi tomonidan tizimda davlat-xususiy sheriklikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlariga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim vaziri oʻrinbosari M.Yoʻldoshev taʼkidlashicha, Prezidentimizning 2020-yil 30-yanvardagi “Maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori tizimda yangi rivojlanish davrini boshlab berdi.

Maʼlum qilinganidek, vazirlik 2018-2019-yillarda nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 1412 bitimni imzolagan. Bugungi kunga qadar 992 loyihaga imtiyozli kreditlar ajratilgan.

Pirovardida, joriy yilning 1-yanvar holatiga koʻra, 59,9 ming quvvatga ega 692 maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻz faoliyatini boshlagan. Shuningdek, 144,7 ming quvvatga ega 6084 oilaviy maktabgacha taʼlim tashkiloti ochilgan.

Oʻzbekistonda davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari soni 6776 tani tashkil etib, ularda qamrab olingan bolalar soni 204 mingdan oshdi. 2020-yilda yana 2 mingta oilaviy hamda 420 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotini ochish rejalashtirilgan.

Maʼlumotlarga koʻra, 300 maktabgacha taʼlim tashkilotida qurilish-jihozlash ishlari davom etmoqda. Ular joriy yilning mart oyiga qadar oʻz faoliyatini boshlashi kutilmoqda. Buning natijasida 31,7 ming bola maktabgacha taʼlimga qamrab olinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolangan, biroq moliyalashtirilmagan 420 loyiha uchun 858,8 milliard soʻm mablagʻga ehtiyoj mavjud. 2018-2019-yillarda maktabgacha taʼlim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yana-da rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda xalqaro moliya institutlaridan ekvivalenti 200 million AQSH dollari miqdoridagi kreditlar jalb qilingan.

– Mazkur qaror maktabgacha taʼlim tizimini, shu jumladan, maktabgacha taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini yana-da rivojlantirishga zamin boʻladi, – deydi Davlat-xususiy sheriklik asosidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshligʻi A.Hakimov. – Qolaversa, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, maktabgacha taʼlim sohasidagi davlat-xususiy sherikligi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik bitimlarini moliyalashtirish maqsadida Moliya, Investitsiyalar va tashqi savdo, Iqtisodiyot va sanoat, Tashqi ishlar vazirliklari hamkorlikda xalqaro moliya institutlari, tashkilotlar, boshqa donorlarning xayriya ehsonlari, kreditlari va grantlarini jalb etish yuzasidan tashkiliy ishlar olib bormoqda.
 

Sh.MAMATUROPOVA, OʻzA

Поделиться