O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

BMTning O‘zbekistondagi loyihalari doimiy muvofiqlashtiruvchisi bilan uchrashuv

2020-02-12 | Siyosat

2020-yil 12-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning O‘zbekistondagi loyihalari doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Frayzer bilan uchrashdi.

O‘zbekiston va BMT o‘rtasida Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish masalalarida hamkorlik qilish muhokamaning asosiy mavzusi bo‘ldi. Jumladan, BTMni targ‘ib qilishda parlamentning roli haqida so‘z borganda Tanzila Narbayeva mamlakatimizda joriy yildan boshlab BMTning 17 ta barqaror rivojlanish maqsadiga erishish ustidan kuchli parlament nazorati o‘rnatilishini, shu tufayli parlamentda hukumat a’zolarining ushbu masala yuzasidan tegishli hisobotlarini eshitish amaliyoti joriy etilishini ta’kidladi.

Shuningdek, uchrashuvda gender masalalar bo‘yicha hamkorlik qilishning turli jihatlari muhokama etildi. Jumladan, 2020-2030-yillarda O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi loyihasi haqida so‘z bordi. Ushbu Strategiyaning BMT ekspertlari tomonidan baholanishi zarurligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda BMTning 75 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazish masalalari ham muhokama etildi. Shu nuqtai nazardan BMT tuzilmalari jahonning barcha mamlakatlarida bo‘lgani kabi respublikamizda ham o‘zbekistonliklar o‘z kelajagini qanday ko‘rishni istashi va bunda BMT qanday rol o‘ynashi haqida so‘rov o‘tkazishni rejalashtirayotgani qayd etildi.

Поделиться