O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
2020-yilda 530 ta xalqaro va respublika miqyosidagi anjuman o‘tkaziladi
2020-02-12 | Ta’lim
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 56-f-sonli farmoyishi bilan 2020-yilda mamlakatimizda o‘tkaziladigan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy hamda ilmiy-texnik anjumanlar rejasi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2020-yilda:
186 ta xalqaro;
344 ta respublika miqyosida;
jami 530 ta ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar o‘tkaziladi.
Xalqaro va respublika miqyosidagi o‘tkaziladigan anjumanlar quyidagi 7 ta yo‘nalishda tashkil etiladi:
iqtisodiyot, davlat va jamiyat qurilishi;
neft va gaz, energetika, energiya va resurs tejamkorligi;
axborot va axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalari;
qishloq va suv xo‘jaligi;
tibbiyot, farmakologiya va sport;
sanoat, ishlab chiqish, transport va logistika;
geologiya-minerologiya, seysmologiya va seysmik barqarorlik, qurilish va arxitektura;
fan va ta’lim.
O‘tkaziladigan anjumanlarning yakuniy natijalarga ko‘ra qabul qilingan tavsiya va qarorlar asosida har bir hududdan dolzarb 3 ta mavzuda belgilangan tartibda davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida tanlov e’lon qilinadi.