O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining transport sohasidagi "Mamlakat platformasi"ning muvofiqlashtiruvchi uchrashuvi

2020-02-12 | Iqtisodiyot

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida tashqi rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha mamlakatni muvofiqlashtirish platformasi faoliyati doirasida O‘zbekiston Respublikasining transport sohasini rivojlantirishga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Osiyo Taraqqiyot Banki va Jahon Bankining O‘zbekistondagi vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ekspertlari hamda Transport vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, Yo‘l fondi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ,  «O‘zbekiston xavo yo‘llari» AJ va «Uzbekistan Airports» AJ vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston transport sektorini rivojlantirishning aktual tendentsiyalari va ushbu yo‘nalishda sheriklarning texnik yordamini muvofiqlashtirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida har bir moliyaviy institutning transport tarmog‘ining har bir sektori kesimida aniq funktsiyalari va rollari aniqlandi hamda  birgalikda amalga oshirish uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Bunday uchrashuvlarning tashkil etilishi o‘tgan yilning 18-20-oktabr kunlari Vashington shahrida (AQSh) bo‘lib o‘tgan Jahon banki Boshqaruvi kengashining yillik yig‘ilishi doirasida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining tashrifi jarayonida xalqaro moliyaviy tashkilotlar rahbariyati bilan erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.

Поделиться