O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikramov Gujarat shtati bosh vaziri V. Rupani bilan uchrashdi
2020-02-11 | Iqtisodiyot
Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikramovning Hindistonning Ahmedobod shahriga tashrifi doirasida Gujarat bosh vaziri V. Rupani bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
O'z nutqida V. Rupani O'zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevga eng samimiy tilaklari va alohida hurmatini izhor etdi.
"Men O'zbekistonda izchil rivojlanayotgan o'zgarishlarni katta qiziqish bilan kuzataman va Prezident Sh.Mirziyoyevning 2020-yilni O'zbekistonda “Fan, ta'lim va raqamli iqtisodiyot yili” deb e'lon qilish to'g'risidagi tashabbusini yuqori baholayman. O'z navbatida, Gujaratning IT-kompaniyalariga O'zbekistonda Axborot-texnalogiyalari sohasidagi loyihalarda faol ishtirok etishga chaqiraman” - deya ta’kidlab o’tdi V.Rupani
Shuningdek, u 5-6-mart kunlari bo’lib o’tadigan Toshkent investitsiya forumida Gujarat vazirlaridan biri boshchiligidagi delegatsiya vakillarining ishtirokini ta’minlashini aytdi.
O'zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari A. Ikramov o’z navbatida ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yanada rivojlanib, mustahkamlanishiga ishonch bildirdi.