O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga yuborish bo‘yicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritilmoqda
2020-02-11 | Ta’lim
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan “Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qaror loyihasi ishlab chiqildi va muhokama uchun regulation.gov.uz portalida chop etildi.
Mazkur qaror loyihasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-dekabrdagi PQ-4546-son “Byurokratik toʻsiqlarni yana-da qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Qaror loyihasida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2013-yil 25-sentyabrdagi 38, 25, 72-q/q-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 24-oktyabrda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2519-son) bilan tasdiqlangan “Bolalarni ixtisoslashtirilgan muassasalarga (maktab, maktab-internatlarga) yuborish boʻyicha psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalar toʻgʻrisidagi nizom”ning 20-bandi “ye” kichik bandini – “yashash joyidan maʼlumotnoma va tavsifnoma” soʻzlarini chiqarib tashlash nazarda tutilgan.