O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buxoro delegatsiyasi Turkiyada rasmiy safarda bo‘ldi

2020-02-11 | Iqtisodiyot

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tashabbusi bilan joriy yilning 27-yanvar hamda 3 fevral kunlari qator tadbirkorlik sub'yekti hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlaridan iborat Buxoro tumanining 22 kishilik delegatsiyasi Turkiya davlatining Istanbul hamda Bursa shaharlaridagi rivojlangan sanoat va to‘qimachilik korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida xizmat safarida bo‘lib qaytdi.

Delegatsiya a’zolari 29-yanvar kuni Istanbul shahrida "To‘quvchilik va Kiyim-kechak Eksport Qiluvchilar Uyushmasi" rahbari va a’zolari "ASYA", "SENER", "YILMAZ" kompaniyalarining rahbariyati bilan uchrashib, “V 2 V” formatidagi muzokarani o‘tkazdilar. Shuningdek, mazkur uyushma tarkibiga kiruvchi "UGUR" hamda "MAY" kompaniyalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro delegatsiyasi 30-31-yanvar kunlari Bursa savdo-sanoat palatasi mehmoni bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, yurtimizdan tashrif buyurganlarga yuqori darajada mehmonnavozlik ko‘rsatilgani, transport, mehmonxona, ovqatlanish va boshqa ehtiyojlar to‘laligicha mezbonlar tomonidan qoplangini vatandoshlarimizga, mamlakatimizga bildirilayotgan yuksak ishonch namunasi, albatta. Bursa shahridagi zamonaviy ishlab chiqarish ob'yektlari, jumladan, to‘qimachilik fabrikalari, intensiv bog‘lar hamda issiqxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishuvlar bizning vakillarimizda katta qiziqish va rag‘bat uyg‘otdi. Natijada Buxoro tumanidagi "Arbob Husen Gadoy" fermer xo‘jaligi bilan Bursaning "S.S.Kestel Sus Bitkileri Ve Meyva"  shirkati o‘rtasida 65 ming AQSh dollari qiymatida 20 ming dona intensiv bog‘ pakana meva ko‘chatini xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolandi.

-Delegatsiyamiz a’zolari bilan birgalikda  1-2-fevral kunlari Istanbul shahrida yuqori darajada tashkil qilingan "EMITT 2020" XXIV Sharqiy O‘rta Yer dengizi Xalqaro sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etib, sohani rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribasi bilan ham yaqindan tanishdik,-deydi Buxoro tumani hokimining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Suxrob Hamroyev.-Yaxshi bilamizki, Turkiya jahon turizmi markazlaridan biri sifatida juda katta tajribaga ega davlat. Shu nuqtai nazardan, qardosh mamlakatning bu boradagi yondashuvini atroflicha o‘rganish va o‘zimizda keng qo‘llash yuzasidan zarur bilim va tushunchalarni oldik. Umuman, delegatsiyaning chet elga safari tig‘iz ish tartibida o‘tdi va unda kelishuvga erishilgan muzokaralar yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi, albatta.

Поделиться