O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

AQSHlik mutaxassis Allan Miller tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

2020-02-10 | Ta’lim

AQSHlik mutaxassis Allan Miller tomonidan Qoʻshrabot tumanidagi 41-maktabda STEAM taʼlim dasturi boʻyicha mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida AQSHlik mutaxassis hozirgi kunda xorij taʼlimida keng qoʻllanilayotgan bir qancha tajribalarni amaliyotda qoʻllash usullarini koʻrsatib berib, oʻqituvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. 

Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktori A.Ibragimov ushbu taʼlim dasturini amaliyotga joriy etishdan maqsad oʻquvchilar olgan bilimlarini zarur sharoitlarda amalda qoʻllay olish darajasini yuksaltirish ekanligini aytib oʻtdi. 

Eslatib oʻtamiz, Xalq taʼlimi vazirligi tashabbusi bilan STEAM taʼlim dasturi boʻyicha AQSHlik mutaxassis Allan Miller Samarqand viloyati xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazida STEAM yondashuv va xalqaro baholash dasturlari boʻyicha trenerlarni tayyorlash yuzasidan oʻz mahorat darslari bilan ishtirok etib kelmoqda. Mahorat darslari joriy yilning 28-yanvaridan 7-martiga qadar davom etadi.

Поделиться