O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Bo‘lajak Toshkent xalqaro investitsiya forumi to‘g‘risida
2020-02-10 | Iqtisodiyot
2020-yil 5-6-mart kunlari O‘zbekistonda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi.
Forum eksklyuziv tadbir bo‘lib, o‘z maydonida 1500 dan ortiq xorijiy va milliy kompaniyalar rahbarlarini, investorlarni, eksportchilarni va xalqaro ommaviy axborot vositalarini to‘plash uchun xizmat qiladi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
Forum dasturi bo‘yicha qator yo‘nalishlarda panel sessiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan, jumladan:
- “Biznes uchun ochiqlik”;
- “Mintaqaviy aloqalarni chuqurlashtirish”;
- “Texnologik innovatsiyalarni qo‘llash”.
Forum tashkilotchisi – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi.
Forum operatori – “InterForum” DUK.
Forumda ishtirok yetish uchun www.tiif.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.