O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dzyudochimiz Parijda kumush medalni qoʼlga kiritdi
2020-02-10 | Sport
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Fransiya poytaxti Parij shahrida “Katta Dubulgʼa” tasnifiga kiruvchi “Paris Grand Slam 2020” turniri boʼlib oʼtmoqda.
Kechagi kunning - 81 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sharofiddin Boltaboev kumush medal sohibiga aylandi.
Sharofiddin hal qiluvchi final uchrashuvida belgiyalik Mattias Kessega qarshi tatamiga chiqdi. Bellashuv taqdirini hakam tomonidan berilgan uchta shido, yaʼni ogohlantirish hal qildi.
Shu tariqa, Boltaboev nufuzli musobaqaning kumush medali hamda 700 reyting ochkosini qoʼlga kiritdi. Sharofiddin chorak finalda amaldagi jahon chempioni, reyting peshqadami isroillik Sagi Mukini sof ippon bahosi bilan magʼlubiyatga uchratgan boʼlsa, yarim final bellashuvida yaponiyalik Sotaro Fijivaradan ustun kelgan edi.