O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Haftalik dayjest: o‘tayotgan haftaning eng muhim voqealari haqida qisqacha (2020-yil 3 - 9-fevral)
2020-02-10 | Siyosat
Senatning o‘tgan haftadagi faoliyatida yuz bergan muhim voqealar haqida qisqacha ma’lumot taqdim etiladi.
Senatning Murojaatnomada belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi
Joriy yil 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senati Kengashining majlisida Prezident Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis Senatining birinchi majlisidagi nutqida hamda Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi hamda Senatining 2020-yilning birinchi yarmiga mo‘ljallangan ish rejasi qabul qilindi.
2020-yilning birinchi yarmida yuqori palata qo‘mitalari faoliyati nimalardan iborat?
Oliy Majlis Senati qo‘mitalari raislari Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasi yuzasidan belgilab olgan vazifalarini ma’lum qildi.
Endi har oyda mahalliy Kengashlar tomonidan davlat organi rahbarlarining axborotlari eshitib boriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o‘quv seminarida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi parlamentga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, Oliy Majlis Senatining demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalashdagi rolini yanada oshirish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimini isloh qilish yuzasidan ma’ruzalari bilan so‘zga chiqdi.
O‘zbekiston xalqaro mehnat normalariga rioya qilishga sodiqligini namoyon qilmoqda
“Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib mehnatni ta’minlash” mavzusida 2020-yil 5-fevral kuni poytaxtimizda bo‘lib o‘tgan xalqaro davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro mehnat normalariga rioya qilishga sodiqligini namoyon qilayotganligi ta’kidlandi.
Majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Joriy yil 3-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Xalqaro mehnat tashkilotining Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha byurosi direktori Olga Kulayeva rahbarligidagi delegatsiya bilan uchrashuvda barcha sohalarda majburiy mehnatning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
Oliy Majlis Senati: Yaqin va uzoq istiqboldagi faoliyatimizning bosh mezoni - xalq farovonligini yuksaltirishdir
Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayevaning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi yuzasidan maqolasi “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.
Parlament yuqori palatasining mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni xususida so‘z yuritildi
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hamda Senat qo‘mitalari raislari BMT Taraqqiyot dasturining Bangkokdagi vakolatxonasi siyosiy jarayonlar bo‘yicha guruh rahbari C. Chauvel boshchiligidagi delegatsiya bilan 2020-yil 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda parlamentlararo hamkorlikni yanada kuchaytirish borasida kelishib olindi.
“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi O‘zbekiston hukumatining majburiy mehnatni yo‘q qilish borasidagi qat’iyatini qo‘llab-quvvatlaydi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayevaning 2020-yil 4-fevral kuni “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasi delegatsiyasi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida shunday fikr bildirildi.
Majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalariga urg‘u berildi
Poytaxtimizdagi “Ishga marhamat” Monomarkazida “Paxtachilik sohasida munosib mehnat – 2019-yildagi siyosat va uning mahalliy darajadagi ijrosi” mavzusida 2020-yil 4-fevral kuni bo‘lib o‘tgan davra suhbatida majburiy mehnatga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
“Senatorlar maktabi” o‘z ishini boshladi
Oliy Majlisning yuqori palatasida “Senatorlar maktabi” 2020-yilning 4-fevral kuni o‘z ishini boshladi.
Senat a’zolari mahalliy Kengash deputatlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi
Ortda qolgan hafta mobaynida senatorlar hududlarda mahalliy Kengashlar deputatlari bilan uchrashib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qilishdi.
Shuningdek, majislarda mahalliy Kengashlarda deputatlarning tizimli o‘quvini hamda hududlarda namunali tuman, shahar Kengashlari faoliyatini tashkil qilish, hududiy vakillik organlarining nazorat faoliyatini kuchaytirish, ijro organlari rahbarlari hisobotini mahalliy Kengashlarda muntazam eshitib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, joylarda senatorlar xonasini tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Senator bir fuqaroga quvonch ulashdi
Oliy Majlis Senati a’zosi Farhod Boqiyev tashabbusi bilan Guliston shahrida yashovchi Oqmirzayevlar xonadonida jurnalistlar bilan uchrashishni orzu qilgan o‘quvchi qiz - Fotimaxon bilan ijodiy muloqot tashkil etildi.
Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomonning manfaatdorligi bildirildi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev Singapur Respublikasi savdo va sanoat davlat katta vaziri Ko Po Kun boshchiligidagi delegatsiya bilan 2020-yil 5-fevral kuni bo‘lgan uchrashuvda shunday fikr bildirildi.
T.Narbayeva: yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga ustuvor ahamiyat beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida 2020-yil 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash sohasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan o‘quv seminarida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Murojaatnoma mazmun-mohiyati yuzasidan ma’ruza qildi.
O‘zbekiston-Finlyandiya: ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama etildi
Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Ravshanbek Alimov Finlyandiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mariya Liivala bilan 2020-yil 6- fevral kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, shu jumladan o‘zaro parlamentlararo hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi
Oliy Majlis Senati Sud-huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzurida vazirlik va idoralar mutasaddilari hamda jamoatchilik vakillaridan iborat ishchi guruh tuzildi.
Oliy Majlis Senatida mazkur ishchi guruhning 2020-yil 6-fevral kuni bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida hokimlarning vakolatlarini qayta ko‘rib chiqish va ularga xos bo‘lmagan hamda bir-birini takrorlaydigan funktsiyalarni tegishli organlarga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.
Jahon banki bilan hamkorlik mustahkamlanmoqda
2020-yil 6-fevral kuni Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Odiljon Iminovning Jahon banki moliya boshqaruvi bo‘yicha yetakchi iqtisodchisi Arman Vatyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Oliy ta’lim muassasalari faoliyati xalq deputatlari mahalliy Kengashlar nazoratida
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari sessiyalarida ilk marotaba joylardagi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining hisobotlarini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Xalq deputatlari Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari Kengashlari sessiyalarida viloyatlardagi oliy ta’lim muassasalarida 2019-yilda amalga oshirilgan ishlar va 2020 yildagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.