O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Adliya vaziri Singapurning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

2020-02-10 | Siyosat

Joriy yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida adliya vaziri R. Davletovning Singapur Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baxaruddin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida vazir mehmonlarni vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan tanishtirdi. Shuningdek vazirlik malakali yuridik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni ta’minlovchi asosiy tashkilotlardan biri ekanligi qayd etildi. 

Tomonlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining mediatsiya natijasida (Nyu-York, 2018-yil) erishilgan xalqaro kelishuvlari to‘g‘risidagi Konventsiyasi (“Singapur konventsiyasi”) imzolanishi masalalari, mediatsiya va nizolarni hal qilishning muqobil usuli sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi. 

Ma’lumot uchun: vazir o‘rinbosari A.Toshqulov boshchiligidagi Adliya vazirligi delegatsiyasi 2019-yilning 6-9-avgust kunlari Singapur konventsiyasini imzolash bo‘yicha oliy darajadagi konferentsiyada ishtirok etdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlarning ikki davlat Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tegishli hujjatni imzolash istagi bayon etildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar intellektual mulq huquqi va mualliflar huquqlarini himoya qilish, yuridik xizmatlarni takomillashtirish va raqamlashtirish borasida tajriba almashish zarurligini qayd etib, sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Поделиться