O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Malayziya bilan investitsiyaviy hamkorlik faollashmoqda

2020-02-10 | Iqtisodiyot

Joriy yilning 7-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi X.Assan, shuningdek, Malayziyaning Serba Dinamik Group Berhad kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda Xorazm viloyati hokimi F.Ermanov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sharoitida investitsiya, savdo-iqtisodiy sohalarda O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi.  Malayziya ishbilarmon doiralarining iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlari, xususan tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash, elektrotexnika, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etish sohalarida hamda to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari, asbob-uskunalar va kimyoviy mahsulotlar savdosi faollashishi nuqtai nazaridan O‘zbekistonda biznes yuritishga bo‘lgan yuqori qiziqishi alohida ta’kidlandi.

Muloqot davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikning keng qirrali istiqbollari muhokama qilindi, bu esa qatnashchilarga ivestitsiya va savdo sheriklik aloqalarini yanada kengaytirish mexanizmlari to‘g‘risida fikr almashish, shu bilan birga Malayziyalik investorlarning aniq tashabbuslarini, jumladan “Xazorasp” EIZda kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarish bo‘yicha yirik loyihani ko‘rib chiqish va uni amalga oshirish bosqichlarini ishlab chiqish imkoniyatini berdi. Tomonlar loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq dolzarb masalalarni muhokama qildilar hamda mavjud to‘siqlarni bartaraf etish va ushbu investitsiya tashabbusini loyiha oldi tayyorgarlik ishlarini tezlashtirish bo‘yicha eng maqbul yechimlarni ishlab chiqdilar.

Uchrashuv yakunida vazirlik va Malayziyaning O‘zbekistondagi diplomatik vakolatxonasi rahbarlari ham ushbu uchrashuvlarni ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning umumiy hamda xususiy masalalarini muhokama qilish uchun doimiy ravishda tashkil etishga kelishib oldilar.

Поделиться