O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Saudiya Arabiston investorlari delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2020-02-10 | Iqtisodiyot

Joriy yil 7-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S. Umurzakov ACWA Power kompaniyasi Boshqaruvi raisi Muhammad Abdulloh Abu Nayan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stantsiyasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish holati muhokama qilindi - qator masalalar ko‘rib chiqildi. Masalalarning yechimi shu yilning mart oyida Toshkent xalqaro investitsiya forumi davomida investitsiya kelishuvini imzolash uchun tayyorlash maqsadida, tegishli jarayonlarni tezlashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida energetika sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish orqali kompaniyaning O‘zbekiston bozoridagi ishtirokini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi - shu nuqtai nazardan, quyosh va shamol energetikasi hamda neft-gaz sohasidagi aniq sarmoyaviy takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida muhokama qilingan tashabbuslarni tezkor amalga oshirish uchun kelgusidagi o‘zaro munosabatlar shakli aniqlab olindi.

Ma’lumot uchun: ACWA Power -ishlab chiqaruvchi va sarmoyador, energetika sohasida ob'yektlarni quruvchi dunyodagi etakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, uning portfelining tarkibi 22 GVt dan ortiq bo‘lgan elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlari hamda kuniga 2,5 mln.m3 dan ortiq suvni tuzsizlantiruvchi qurilmalardan tashkil topgan.

Поделиться