O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
OTMlar rahbariyatlari bilan talabalarga stipendiya tayinlash va rag‘batlantirish masalalari muhokoma qilindi
2020-02-10 | Ta’lim
8-fevral kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari Sarvar Buzrukxonov boshchiligida respublikadagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlari ishtirokida Vazirlar Mahkamasining“Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stpendiyalar miqdorini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi.
Selektorda talabalarga stipendiya tayinlash, ularni rag‘batlantirish, shuningdek, grant asosida o‘qiyotgan talabalarga stipendiyalar bo‘yicha tafovutni to‘lash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, OTMlarda tashkil etiladigan talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi shakllantirilish manbalari va uni tasarruf etishda qaysi jihatlarga e’tibor qaratilishi lozimligi bo‘yicha ham tushuntirishlar berildi.