O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Dubay shahrida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
2020-02-10 | Siyosat
2020-yilning 6-fevral kuni O‘zbekiston Bosh konsuli Alisher Salomov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligining Dubaydagi ofisi direktori etib tayinlangan Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashdi.
Uchrashuvda turli sohalarda hamkorlikning holati va istiqbollari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil mart oyida BAAga amalga oshirgan tashrifi va erishilgan kelishuvlar sabab ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar so‘nggi paytlarida sezilarli ravishda faollashgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi. Hozirgi paytda tashrif doirasida imzolangan iqtisodiy, investitsion, ijtimoiy, madaniy va boshqa sohalardagi hujjatlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentning Oliy Majlisga Murjaatnomasida BAA O‘zbekistonning strategik sheriklari qatorida sanalgani amirliklarda ijobiy qabul qilindi.
BAA tomoniga mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan birinchi Toshkent investitsiya forumi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Maktum bin Butti Al Maktum O‘zbekistonning turistik salohiyati, mamlakatimizga vizasiz tashrif buyura oladigan BAA fuqarolari uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli aloqalar va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligi tasdiqlandi.