O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Iordaniya Elchisi bilan uchrashuv
2020-02-07 | Siyosat
2020-yilning 7-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Iordaniya Hoshimiylar Podshohligining Favqulodda va Muxtor Elchisi Solih Ahmad Al-Javarneh bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Iordaniya hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, 2019-yilda Amman shahrida bo‘lib o‘tgan vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning birinchi raundi hamkorlikning eng istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash va ularni amalga oshirishga birgalikdagi sa’y-harakatlarni yo‘naltirish imkonini berdi.
Uchrashuvda Iordaniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonda bo‘lajak tadbirlarda ishtirokining amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.