O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Turkiya Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv
2020-02-06 | Siyosat
2020-yilning 5-fevral kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi (Turkiy kengash) Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisida ishtirok etish uchun Boku shahriga kelgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavushog‘lu bilan uchrashdi.
Dolzarb O‘zbekiston-Turkiya kun tartibidagi masalalar va joriy yilda qo‘shma tadbirlarga tayyorgarlikning borishi yuzasidan fikr almashildi.
Ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. Shu munosabat bilan Turkiy kengash doirasida muloqotni kengaytirishga o‘zaro qiziqish tasdiqlandi.
Uchrashuvda vazirlar xalqaro va mintaqaviy muammolarni ham muhokama qildilar.