O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Singapur delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-02-06 | Siyosat
2020-yil 5-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning Singapur Respublikasi savdo va sanoat davlat katta vaziri Ko Po Kun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama etildi.
Ko Po Kun O‘zbekistonda sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy sohalarda Prezident Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho berdi. Mamlakat yutuqlari Singapur va O‘zbekiston o‘rtasida o‘zaro foydali ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Tomonlar savdo, turizm, tibbiyot, ta’lim va boshqaruv kadrlari malakasini oshirish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ehtiyoji borligini qayd etdi.
Parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlashdan, parlament delegatsiyalarining o‘zaro tashriflarini faollashtirishdan ikki tomonning manfaatdorligi bildirildi.