O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
BAA Bosh vazirining o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2020-02-06 | Iqtisodiyot
Joriy yil 5-fevral kuni Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasining Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari - BAA Prezidenti ishlari bo‘yicha vazir Shayx Mansur bin Zoid Al-Naxayyon bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida o‘tgan yili mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklarga tashrifi davomida ilgari surilgan qo‘shma loyihalarni jadal amalga oshirilishi hisobiga o‘sib borayotgan dinamikasi bilan ifodalanuvchi ikki mamlakat o‘rtasidagi investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikning joriy masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, neftkimyo, qishloq xo‘jaligi, turizm va telekommunikatsiya sohalarida yangi loyihalarni amalga oshirish orqali investitsiya portfelini kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv yakuni bilan amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida joriy hamkorlikni jadallashtirish va yangi investitsiya tashabbuslarini ishlab chiqish bo‘yicha kelgusi bosqichlar borasida kelishuvlarga erishildi.