O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasining JSTga kirish bo‘yicha muzokaralar guruhining tashrifi

2020-02-06 | Iqtisodiyot

Joriy yilning yanvar oyida Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari B. Abidov boshchiligidagi O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirish bo‘yicha muzokaralar guruhining JSTga kirishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish maqsadida Jeneva shahriga (Shveytsariya) tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida JST kotibiyatining rahbariyati va bo‘linmalari, tashkilotga a’zo mamlakatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, shuningdek, uning mintaqaviy guruhlari rahbarlari bilan 16 uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekistonning xizmatlar bozoriga kirish bo‘yicha spetsifik majburiyatlar ro‘yxatini tayyorlash bo‘yicha maslahatlashuv tashkil etildi.

Bundan tashqari, BMT / JST Xalqaro savdo markazi va YUNKTAD vakillari bilan ushbu tashkilotlarning ekspertlarini, keyinchalik JSTga taqdim etish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash maqsadida, jalb qilish, shuningdek tegishli seminarlarni tashkil etish orqali o‘zbekistonlik mutaxassislarni xalqaro savdoning turli masalalarida malakasini oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha Ishchi guruhining 4-yig‘ilishini 2020-yilda Jenevada o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni to‘plash va tayyorlash bo‘yicha chora-tadbirlar, shuningdek ushbu yo‘nalishdagi hamkorlik doirasida keyingi qadamlar ishlab chiqildi.

Поделиться