O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Xizmat safari natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi
2020-02-05 | Jamiyat
Joriy yilning 4-fevral kuni Davlat statistika qo‘mitasida shu yilning 27-31-yanvar kunlari Ozarbayjonning Baku shahrida aholini ro‘yxatga olish sohasida Ozarbayjon Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tajribasini o‘rganish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan uchrashuv natijalariga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi.
Mazkur taqdimotda Davlat statistika qo‘mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasidan Berdiqulov Qobil, Yo‘ldoshev Zoir va Siddiqov Tolib, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari boshqarmasidan Odilov Shohruh xizmat safari davomida olgan taassurot va tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Taqdimot davomida aholini ro‘yxatga olishning uslubiy va huquqiy-normativ hujjatlarini ishlab chiqish, aholini ro‘yxatga olish dasturini tuzish bo‘yicha axborot berildi. Shuningdek, sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tartibi, ma’lumotlarni yig‘ish, ularni qayta ishlash bo‘yicha dasturiy ta’minot bilan ta’minlashda Ozarbayjon tajribasi borasida o‘rtoqlashildi.
Taqdimot yakunida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.