O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Buyuk Britaniya investorlarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga qiziqishi ortmoqda

2020-02-05 | Iqtisodiyot

Energetika vaziri Alisher Sultonov Buyuk Britaniyaning mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Timoti Torlot boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Unda ikki tomon o‘rtasidagi hamkorliklar, xususan, Britaniya kompaniyalari va tashkilotlari ishtirokida neft-gaz sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘z yuritildi.
 
E’tiborli jihati, uchrashuvda Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi vakillari ushbu mamlakat investorlarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan istiqbolli loyihalarga qiziqishi ortib borayotganini ta’kidladi.
 
Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar “British Petroleum” (Buyuk Britaniya) va “SOCAR” (Ozarbayjon) kompaniyalari bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi investitsiya bloklarida (Orolbo‘yi, Samsk-Kosbulaksk va Boyterak) geologiya-qidiruv ishlarini o‘tkazish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
 
Mazkur hamkorlik doirasida 2018 yilning may oyida o‘zaro anglashuv memorandumi va 2019 yilning may oyida – Ustyurt hududidagi uchta investitsiya blokidagi qidiruv salohiyatini baholash bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish to‘g‘risida bitim imzolangan edi. O‘tgan vaqt ichida Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz” AJ, BP va “SOCAR” kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilib, bir qancha kelishuvlarga erishildi.
 
Joriy yilning fevral oyida esa BP va “SOCAR” mutaxassislari mamlakatimizga tashrif buyurib, kelishuvning asosiy shartlarini muhokama etishi kutilmoqda.
 
Shuningdek, uchrashuv yakunida o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ham muhokama qilindi. 

Поделиться