O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Arxiv
2024
Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Fevral - huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi

2020-02-05 | Jamiyat

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2020-yil 30-yanvar kungi farmoyishiga muvofiq Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig'i polkovnik M.Ismoilov ishtirokida yig'ilish tashkil etildi.

Yig'ilishni boshqarma boshlig'i polkovnik A.I Ataxodjaev kirish so'zi bilan ochib, unda IIVning “Huquqbuzarliklarga qarshi kurashish oyligi” maxsus tezkor-profilaktik tadbirini o'tkazish to'g'risidagi farmoyishini barcha shaxsiy tarkib e'tiboriga etkazdi.

Manzilli va “yakka tartibda”gi profilaktik ishlarni amalga oshirish belgilanganligi, kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishda kechayu-kunduz mehnat qilib, hukumatimiz va vazirlik rahbariyati tomonidan yuklatilgan vazifalarni a'lo darajada bajarish uchun viloyat ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o'rtasida sog'lom ishchi muhit mavjudligini ta'kidlab o'tdi.

Yig'ilishda Ichki ishlar vazirligi JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig'i polkovnik M.Ismoilov so'z olib yaxshi samara bergan Orzu mahalla tajribasini viloyatning barcha hududlarida davom ettirish, Probatsiya hisobida turgan shaxslarni yashash joylariga borib, ular bilan profilaktik suhbatlar o'tkazish, ularni bandligini ta'minlash, imtiyozli kreditlar ajratilishida ko'maklashish bo'yicha profilaktik tadbirni amalga oshirish yuzasidan vazirlik raxbariyati tomonidan berilgan vazifalarni yig'ilish ishtirokchilariga etkazdi.

Поделиться